Бахринова, Муниса (2026) PEDAGOGIK FAOLIYATDA INTUITIV QOBILIYATNING SHAKLLANISHI: MOTIVATSIYA, PROGNOZLASH VA IJODIY TAFAKKUR. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 99-103.
69c242cf320d1.pdf
Download (73kB)
Abstract
Mazkur maqolada pedagogik faoliyat jarayonida intuitsiyani rivojlantirishning psixologik-pedagogik va kognitiv asoslari tahlil qilinadi. Intuitsiya shaxsning bilish faoliyatida muhim mexanizm sifatida talqin etilib, uning motivatsiya, prognozlash, tasavvur, xotira va ijodiy tafakkur bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqotda intuitsiyaning pedagogik faoliyatdagi funksiyalari — regulyativ, kompensator, orientatsion, integrativ va prognoztik jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, intuitiv va impulsiv qarorlar o‘rtasidagi farqlar asoslab beriladi. Maqolada ona tili ta’limida ijodiy matnlardan foydalanish orqali talabalarning intuitiv qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ijodiy matnlar talabalarda yaxlit idrok, estetik tanlov va kognitiv sintezni faollashtiruvchi samarali vosita sifatida baholanadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/120 |
