MAKTAB O‘QUVCHILARINING AQLIY FAOLIYATIDA KOGNITIV FIKRLASHNI AHAMIYATI

Даминова, Файоза (2026) MAKTAB O‘QUVCHILARINING AQLIY FAOLIYATIDA KOGNITIV FIKRLASHNI AHAMIYATI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1).

Full text not available from this repository.

Abstract

Mazkur maqola yondashuv asosida tashkil etilgan o‘qitish jarayoni ongli va asosli fikrlashni talab etadi. Murakkab hamda mazmunan boy kognitiv yuklama natijasida tafakkur faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Ta’lim sohasidagi kognitiv izlanishlar, avvalo, o‘quvchi shaxsining intellektual xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratiladi. Jumladan: turli muammolarni ilgari surish va ularni hal eta olish; o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchan va tezkor munosabat bildirish; taxminlar ilgari surish hamda ularni sinovdan o‘tkazish; atrof-muhitni ongli ravishda o‘zlashtirish; o‘rganilayotgan fan tizimini aniq tasavvur qilish; intellektual malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; o‘zgarib borayotgan sharoitlarda to‘g‘ri yo‘l tutish va boshqalar. Shu tavsiflardan kelib chiqib aytish mumkinki, kognitiv ta’lim texnologiyalari tashqi axborotni manbasidan qat’i nazar qabul qilish va qayta ishlash jarayonida bilish faoliyatining faol ishtirokini ta’minlaydi. Ular kognitiv psixologiya nazariyalariga asoslangan ilg‘or pedagogik usul va vositalardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, bunday texnologiyalar nafaqat o‘qituvchining uzluksiz kasbiy o‘sishini qo‘llab� quvvatlaydi, balki o‘quv jarayonining jadallashuviga, o‘quvchilarning ta’limdagi faolligining ortishiga hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikning uyg‘unlashuviga xizmat qiladi.

Item Type: Article
Date Deposited: 05 Jun 2026 11:03
Last Modified: 05 Jun 2026 11:03
URI: https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/130

Actions (login required)

View Item
View Item