Саидганиев, Саидахмад (2026) BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA “PJT (Professional Jismoniy Tarbiya)” MOBIL ILOVASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 281-283.
69c27a4415f98.pdf
Download (61kB)
Abstract
Raqamli pedagogika sharoitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida nazariy tayyorgarlikni kasbiy-amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari talabalarning individual o‘quv ehtiyojlarini to‘liq qamrab ololmasligi, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda vaqt va resurslar bilan bog‘liq cheklovlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli mobil ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali muqobil mexanizm sifatida qaralmoqda. Mazkur ishda jismoniy tarbiya yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “PJT (Professional Jismoniy Tarbiya)” mobil ilovasining didaktik imkoniyatlari va uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik asoslari yoritiladi. Ilova nazariy materiallarni tizimli o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish va natijalarni monitoring qilishni bir muhitda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Raqamli muhitda ta’limni shaxsga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va refleksiya mexanizmlarini faollashtirish imkoniyatlari talabalarning o‘qishga motivatsiyasini kuchaytiradi. Tadqiqot natijalari mobil ilovadan foydalanish bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik savodxonligi, kasbiy-amaliy tayyorgarligi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/169 |
