Джораева, Мавлудаксон (2026) RAQAMLI ESTETIKA: FALSAFIY TAHLILI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 417-421.
69c4050830665.pdf
Download (80kB)
Abstract
Mazkur maqolada XXI asrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi estetik idrok shakllari va ularning falsafiy mohiyati tadqiq etiladi. Raqamli estetika zamonaviy insonning go‘zallikni idrok etish, baholash va estetik ijod jarayoniga texnologik vositalarning ta’sirini chuqur tahlil qilishga qaratilgan muhim ilmiy yo‘nalish sifatida talqin etiladi. Tadqiqot doirasida estetik tafakkurning an’anaviy kategoriyalari — go‘zallik, uyg‘unlik, fojeaviylik va kulgililik — raqamli va virtual muhitda qanday transformatsiyaga uchrayotgani ochib beriladi. Maqolada tarixiy-qiyosiy, gnoseologik hamda sistemali yondashuv metodlaridan foydalanilib, raqamli makonda estetik tajribaning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini J. Baudrillardning simulyakr va giperreallik haqidagi qarashlari, J. Lipovetskiyning postmodern vizuallik konsepsiyasi hamda Sh. Turkle tomonidan ilgari surilgan “raqamli inson” g‘oyasi tashkil etadi. Ushbu falsafiy yondashuvlar orqali raqamli obrazlar va vizual shakllarning estetik mazmuni, ularning reallik bilan munosabati yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari raqamli estetika tushunchasining zamonaviy falsafa va madaniyatshunoslikdagi o‘rnini aniqlashga, texnologik muhitda shakllanayotgan estetik qadriyatlarni baholash mezonlarini belgilashga xizmat qiladi. Maqola raqamli madaniyat, falsafa va san’at muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/205 |
