Камилов, Дилшодбек (2026) YANGI OʻZBEKISTONDA MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISHTIRISHDAGI OʻRNI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA). Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 422-426.
69c4056fef9b3.pdf
Download (79kB)
Abstract
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda mahalla institutining ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrni tahlil qilinadi. Mahalla tarixiy va milliy qadriyatlarga tayangan holda jamiyat hayotida muhim tarbiyaviy, maʼnaviy va ijtimoiy institut sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mahallaning huquqiy maqomi mustahkamlanib, uning vakolatlari kengaytirilmoqda. Maqolada Andijon viloyati misolida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlar tarbiyasini takomillashtirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, mahalla institutini chinakam fuqarolik jamiyati institutiga aylantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Kalit soʻzlar: mahalla, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy-maʼnaviy muhit, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, islohotlar, xotin-qizlar, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy barqarorlik
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/206 |
