Сайфиддинова, Муниса (2026) SEHRLI RAQAMLAR FENOMENI: MIF–MAROSIM–FOLKLOR KESISHUVINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 525-529.
69c6c57aedaa0.pdf
Download (93kB)
Abstract
Mazkur maqolada folklor matnlarida uchraydigan “sehrli raqamlar” fenomeni mifologik tafakkur, marosimiy amaliyot va folklor poetikasi tizimi doirasida nazariy jihatdan yoritiladi. Raqamlarga sirli va muqaddas mazmun yuklash qadimgi insonning olamni anglashga intilishi, tabiat hodisalarini ramziy modellashtirish hamda ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi marosimlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan. Antropologik va madaniy-tarixiy izlanishlarda sanoq amaliyoti ibtidoiy jamiyatda mantiqiy abstraksiya sifatida emas, balki kollektiv-mistik tasavvurlar bilan qorishgan holda paydo bo‘lgani qayd etiladi. Shu jarayonda ayrim sonlar (3, 4, 5, 7, 9, 12, 40 va b.) real miqdor bildiruvchi birlik bo‘lishdan tashqari, “chegara”, “yakun”, “sinov”, “baraka”, “himoya”, “mukammallik” kabi semantikalarni turg‘un ifodalovchi madaniy kodga aylangan. Semiotic va mifosemiotik yondashuvlar sonni arxaik matnning struktur elementi sifatida talqin qilib, raqamlarning kosmogonik model hamda semantik chegaralovchi belgi sifatida ishlashini asoslaydi. Struktur va poetik� funksional tahlilda esa raqamlar syujet-kompozitsion mexanizmning muhim bo‘g‘ini sifatida ko‘riladi: uch martalik urinish, uch sinov, uch vazifa kabi qoliplar ertak va epik matnlar dinamikasini, ritm va esda qolish mexanizmlarini mustahkamlaydi. Maqolada “sehrli raqamlar” va “an’anaviy raqamlar” farqi metodik mezon sifatida ajratilib, o‘zbek hamda ingliz folklori materiallarini qiyosiy o‘rganishda bu farqlashning ilmiy samaradorligi ko‘rsatiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/232 |
