Гульзода Абдукадир (2026) ALLOCHRUSA SPIRTLI EKSTRAKTIGA ASOSLANGAN LaFeO₃ NANOMATERIALINING YASHIL SINTEZI, TUZILISHI VA FIZIKO-KIMYOVIY XUSUSIYATLARIGIPSOFILOIDLAR. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 662-666.
69c7f9218d8a0.pdf
Download (716kB)
Abstract
Ushbu ishda LaFeO₃ perovskit nanomateriali Allochrusa gypsophiloides o‘simligining spirtli ekstrakti asosida ekologik toza yashil sintez usuli yordamida olindi. Sintez qilingan namunaning kristall tuzilishi, funksional guruhlari va element tarkibi mos ravishda rentgen difraksiyasi (XRD), infraqizil spektroskopiya (FTIR) hamda energiya dispersiyali rentgen spektroskopiyasi (EDX) yordamida kompleks o‘rganildi. XRD natijalari LaFeO₃ ning ortorombik perovskit fazada shakllanganini va begona fazalarning mavjud emasligini tasdiqladi. FTIR spektrlarida Fe–O va La–O bog‘lanishlariga xos yutilish chiziqlari aniqlandi. Element tahlili natijalariga ko‘ra, La₂O₃ va Fe₂O₃ ning massaviy ulushlari mos ravishda 47,8% va 52,2% ni tashkil etdi. Olingan natijalar yashil sintez usulining samaradorligini, ekologik xavfsizligini hamda yuqori tozalikdagi LaFeO₃ nanomateriallarini olish imkoniyatini ko‘rsatadi. Ushbu materialning katalitik va fotokatalitik qo‘llanmalarda keng istiqbolga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/266 |
