Parmonov, B (2026) “GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI VA PSIXIK SALOMATLIKNI MUSTAHKAMLASH YO‘LLARI.”. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 525-527.
6a086f14e36a1.pdf
Download (61kB)
Abstract
Mazkur tadqiqotda globallashuv jarayonlari sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarning shakllanishi, ularning psixologik omillari hamda bolalarning psixik salomatligini mustahkamlash yo‘llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha yosh davrida bolalarning axloqiy tasavvurlari, ijtimoiy xulq-atvori va shaxsiy sifatlari shakllanishida oila muhiti, ta’lim-tarbiya jarayoni, tengdoshlar bilan munosabat hamda zamonaviy ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida bolalarning psixik salomatligini ta’minlash, ularning emotsional barqarorligini rivojlantirish hamda ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan innovatsion psixologik-pedagogik yondashuvlar asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhitida bolalarning barkamol shaxs sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:04 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:04 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/377 |
