Dumarov, Mashxurbek (2026) PSIXOLOG QANDAY BO'LISH KERAK : ERIK BERN TRANZAKT TAXLIL ASOSIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 60-62.
6a086c07c7f82.pdf
Download (41kB)
Abstract
Zamonaviy jamiyatda inson salomatligi va farovonligini ta’minlashda psixolog kasbining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelayotgan stress, raqobat, ijtimoiy tengsizlik va ma’naviy izlanishlar inson ruhiyatiga bosim o‘tkazayotgan bir paytda, malakali psixologlarning zarurligi dolzarb masalaga aylanmoqda. Psixolog nafaqat diagnostika va maslahat berish bilan cheklanib qolmasligi, balki ijtimoiy va madaniy jarayonlarni tahlil qila oladigan, shaxsiy rivojlanish, oilaviy muammolar, mehnat jamoalaridagi nizolar, yoshlar va bolalarning moslashuv jarayonlari kabi sohalarda ham faoliyat yurita oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. Biroq, jamiyatda psixologik xizmatlardan foydalanish hanuz murakkab holatda qolmoqda. Bu holatning yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘layotir. Avvalo, aholining ruhiy sog‘liq madaniyati yetarli darajada shakllanmagan. Ikkinchidan, psixologik xizmatni ko‘rsatayotgan ayrim shaxslarning malakasi past yoki ularning faoliyati umuman ilmiy asosga ega emas. Bu esa haqiqiy va soxta mutaxassislarni ajratishdagi muammolarni kuchaytiradi. Bundan tashqari, qonunchilikda psixologik xizmatlar bilan bog‘liq tartibga soluvchi mexanizmlar yetarlicha shakllanmagan. Natijada, psixolog kasbining obro‘siga putur yetkazuvchi holatlar yuzaga kelmoqda.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:04 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:04 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/381 |
