Maxkamova, Gulbahor (2026) TALABALARDA AXBOROT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY TA'MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (2.1). pp. 174-177.
69a1bca9ec1d5.pdf
Download (55kB)
Abstract
Axborot va bilimlar asrida zamonaviy jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi raqamli transformatsiya jarayonining kuchayib borayotganligi yangi avlodning aqliy va ijtimoiy salohiyati shakllanishida axborot madaniyatini rivojlantirish masalasini juda muhim o‘ringa olib chiqmoqda. Universitet va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar – ilmga chanqoq, zamonaviy bilimlarni tezda o‘zlashtira oladigan, axborot erkinligini to‘g‘ri anglaydigan va undan oqilona foydalana oladigan insonlar bo‘lib shakllanishi uchun turli shakl va usullardan foydalaniladi. Shu jumladan, axborot madaniyatini oshirishda innovatsion texnologiyalar, zamonaviy dasturiy ta'minot vositalari ham muhim o‘rin tutadi. Global axborot makonida ko‘plab yangi dasturlar, axborot tizimlari, raqamli resurslar paydo bo‘lishi oqibatida, talabalar hayotining barcha sohalari yanada keng axborot oqimi bilan bog‘lanib bormoqda.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/41 |
