Raximova, Maryam (2026) UMUMTA’LIM MAKTABIDA MUOMALA ME’YORLARINING BUZILISHI: PEDAGOGIK JAMOADA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI SUSAYTIRUVCHI YASHIRIN OMIL VA UNI BARQARORLASHTIRISH YO‘LLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 637-640.
6a085817078d4.pdf
Download (51kB)
Abstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktabi pedagogik jamoasida muomala me’yorlarining buzilishi (gapni bo‘lish, kinoya, mensimaslik, e’tiborsiz qoldirish, muhokamadan chekinish kabi ko‘rinishlar) psixologik xavfsizlikni susaytiradigan yashirin boshqaruviy omil sifatida konseptual asoslanadi. Muomala me’yorlari buzilganda o‘qituvchilarda savol berish, muammo ko‘tarish, xatoni tan olish va fikr bildirish kabi shaxslararo tavakkal xulqlari kamayadi; natijada ochiq muloqot va hamkorlik zaiflashib, qarorlar sifati hamda ijro barqarorligiga salbiy ta’sir yuzaga kelishi mumkin. Maqolada mazkur bog‘liqlik mexanizm zanjiri orqali izohlanadi va maktab boshqaruvi doirasida muomala standartlarini me’yorlashtirish, konstruktiv teskari aloqa tartibini joriy etish, shaffof va izohli qaror amaliyotini kuchaytirish hamda muammo ko‘tarish kanallarini yo‘lga qo‘yish kabi tashkiliy mexanizmlar taklif etiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:04 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:04 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/413 |
