Rahmonova, Zamira (2026) XALQ OG‘ZAKI IJODINI INTERAKTIV VA RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INTEGRATSIYALASH ORQALI MILLIY MADANIYAT VA QADRIYATLARNI O‘RGATISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (3.1). pp. 721-723.
6a084dd7694ec.pdf
Download (61kB)
Abstract
Ma’lumki zamonaviy oliy pedagogik ta’limda xalq og‘zaki ijodini o‘qitishning innovatsion va interaktiv metodlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Raqamli texnologiyalar, multimediya vositalari va interaktiv platformalar pedagogik jarayonni transformatsiyalash imkonini beradi, bu esa talabalarni ijodiy tafakkurini rivojlantirish va milliy madaniyat hamda qadriyatlarni chuqur anglashga yo‘naltiradi. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodini interaktiv storytelling, virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR), gamifikatsiya, raqamli platformalar va sun’iy intellekt asosidagi o‘quv muhitlariga integratsiyalash usullari ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuvlar talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshiradi, analitik va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi hamda madaniy qadriyatlarni amaliy tarzda o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, xalq og‘zaki ijodini interaktiv va raqamli ta’lim muhitiga samarali integratsiyalash pedagogik jarayonni modernizatsiya qiladi va talabalarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantiradi, bu esa yangi innovatsion pedagogik strategiyalarni ishlab chiqish uchun poydevor yaratadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:04 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:04 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/438 |
