Rahimova, Sarvinoz (2026) PEDAGOG XOTIN-QIZLARDA BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 3 (2.1). pp. 231-238.
69a1c06d5f977.pdf
Download (69kB)
Abstract
Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda pedagog xotin-qizlarning rahbarlik faoliyatida boshqaruv kompetentligini takomillashtirishning dolzarbligi ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada "kompetensiya" tushunchasining nazariy asoslari, tarkibiy qismlari hamda pedagog-rahbar ayollar faoliyatiga ta’sir qiluvchi gender stereotiplari va boshqa omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida pedagog xotin-qizlarda boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan, gender sezgir va innovatsion tamoyillarga asoslangan besh bosqichli texnologiya ishlab chiqildi. Texnologiyaning amaliy qismida coaching, mentoring, fasilitatsiya, “Agile management”, “Design Thinking” kabi zamonaviy metodlar taklif etilgan. Diagnostik bosqichda T. Ehlersning “Rahbarlik motivatsiyasi testi”dan foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. Ushbu texnologiya pedagog xotin-qizlarning transformatsion rahbarlik qobiliyatlarini tizimli oshirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Date Deposited: | 05 Jun 2026 11:03 |
| Last Modified: | 05 Jun 2026 11:03 |
| URI: | https://arxiv.universaljournal.uz/id/eprint/54 |
